"Turkish Airlines" aviakompaniyasi yangi yo‘nalishlarda muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi

"O‘zaviatsiya" agentligi tomonidan 2021 yil 15 aprelda Turkiya Respublikasining "Turkish Airlines" aviakompaniyasiga Istanbul-Urganch-Istanbul va Istanbul-Farg‘ona-Istanbul yo‘nalishlarida O‘zbekiston Respublikasiga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi.

"Turkish Airlines" aviakompaniyasi 2006 yil 28 sentabrdagi 27-K sonli ekspluatatsion ruxsatnomaga ega bo‘lib, Istanbul-Toshkent-Istanbul va Istanbul-Samarqand-Istanbul yo‘nalishlari bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni amalga oshiradi.