O‘zaviatsiya agentligi “Uzbekistan Airports” AJ jamoasini tashkil etilganiga 6 yilligi bilan tabriklaydi.
Bu davrda Sizlar havo darvozalarimizni zamonaviy, qulay va xavfsiz markazlarga aylantirib, O‘zbekistonni dunyo bilan bog‘lovchi ishonchli tizimni yaratdingiz. “Uzbekistan Airports” bugun sohada aviatsiya infratuzilmasini yangilash, xizmat sifatini oshirish va ilg‘or texnologiyalarni joriy etishda yetakchi o‘rinni egallaydi.
O‘zaviatsiya agentligi “Uzbekistan Airports” AJ jamoasini professionalligingiz va fidoyiligingizni yuksak qadrlaydi hamda kelgusidagi faoliyatingizda yangi marralar va yirik yutuqlar tilaydi.