“O‘zaviatsiya” agentligi xodimlari ekologiyani asrash maqsadida “Yashil makon” tashabbusida faol ishtirok etmoqda
“O‘zaviatsiya” agentligi xodimlari ekologiyani asrash maqsadida mamlakatimizda keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan “Yashil makon” umumxalq tashabbusida faol ishtirok etmoqda.
Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasida ekologik muvozanatni saqlash, yashil hududlarni kengaytirish va aholining atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatini kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.
Hashar davomida “O‘zaviatsiya” agentligi xodimlari tomonidan manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi, shuningdek, hududlarni obodonlashtirish va tozalash ishlari amalga oshirildi. Tadbir doirasidagi faol ishtirok nafaqat ekologik madaniyatni rivojlantirishga, balki jamoatchilik orasida tabiatni asrash borasidagi ijobiy tashabbuslarni keng targ‘ib etishga xizmat qildi.
“O‘zaviatsiya” agentligi rahbariyati mazkur hasharda ishtirok etish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash, yashil makonlarni ko‘paytirish va sog‘lom muhit yaratish yo‘lidagi umumxalq harakatlarini qo‘llab-quvvatlashda o‘z hissasini qo‘shishni maqsad qilganini ta’kidladi.
Yashil makonlar sonini ko‘paytirish, toza va sog‘lom muhit yaratish — har birimizning burchimiz!
