Davavianazorat
Davavianazorat

Davavianazorat tomonidan korib chiqilgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari togrisida

Bosh / Korib chiqilgan murojaatlari togrisida malumotlari

2018yill davomida Davavianazorat tomonidan korib chiqilgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari togrisida stastika malumotlari
  Qabul kilingan arizalar Bajarilgan arizalar Jarayonda Bekor qilinganlar Ko'rib chiqish o'rtacha muddatli
YIDXPda 6 6 0 0 3,9 kun
Ozbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi 11 11 0 0 6 kun
Davavianazorat boshligi virtual qabulxonasi 2 2 0 0 4 kun
Elektron shaklida 14 14 0 0 5 kun
Qog'oz shaklida 2 2 0 0 10 kun
Jami 35 35 0 0  




Murojatlariga javoblarni umumlashtirilgan natijalari:

S.
Uchuvchisiz uchish apparatlari qanday talablarga javob berishi kerak?
J.

Uchuvchisiz uchish apparatlari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
a) sanoat usulida tayyorlangan bo'lishi kerak;
b) ishlab chiqaruvchi-zavodning pasportiga yoki uni ornini bosuvchi hujjatga (sifat sertifikati, muvofiqlik sertifikati) ega bo'lishi;
v) 25 kg kop bolmagan maksimal uchish ogirligiga ega b'lishi.

S.
Qaysi tashkilot uchuvchisiz uchish apparatlarini ta'mirlash va texnikaviy qo'llab-quvvatlash xizmatlarini ko'rsatadi?
J.

O'zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi

S.
Qaysi tashkilot uchuvchisiz uchish apparatlarini operator bilan ijaraga beradi?
J.

O'zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo'mitasi

S.
O'zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanish uchun arizani qancha muddatda korib chiqadi?
J.

10 ish kunida

S.
O'zbekiston Respublikasi hududiga uchuvchisiz uchish apparatlarini olib kirish va undan foydalanishga kimlarga ruxsat berilgan.
J.

O'zbekiston Respublikasining havo bo'shligida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan sanksiasiz foydalanishni oldini olish va xavo kemalarining xavfsizligini taminlash maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.11.2014 yildagi 322-sonli "O'zbekiston Respublikasi havo bo'shligida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan sanksiasiz foydalanishni oldini olish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga muvofiq, 2015-yilning 1-yanvaridan uchuvchisiz uchish qurilmalarini (TIF TN kod 8802 20 000 0) O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, sotish va ulardan foydalanish taqiqlangan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining aloxida qarori bilan kozda tutilgan xollar bundan mustasno.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 iyundagi 398-sonli "O'zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi qaroriga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26.11.2014 yildagi 322-sonli "O'zbekiston Respublikasi havo bo'shligida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan sanksiasiz foydalanishni oldini olish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga, respublika sayyohlik salohiyatiga oid foto va video materiallarni tayyorlash uchun xorijiy ijodiy guruhlarga, Mudofaa vazirligi va Davavianazorat inspeksiyasiga uchuvchisiz uchish apparatlarini olib kiruvchi, ulardan foydalanuvchi shaxslar va suratga olish joylari to'g'risida ma'lumot bergan xolda,Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi, Madaniyat vazirligi, "O'zbekkino" milliy agentligining arizalariga binoan O'zbekiston Respublikasi hududiga uchuvchisiz uchish apparatlarini vaqtincha olib kirish va undan foydalanish uchun ruxsatnoma berishning soddalashtirilgan tartibini nazarda tutuvchi ozgartirishlar kiritilgan.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 31 avgustdagi 287-sonli "O'zbekiston Respublikasining fuqaro va davlat aviatsiyasida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash to'g'risida"gi Qaroriga binoan arizachi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qaroriga binoan uchuvchisiz uchish apparatlarini olib kirish va ulardan O'zbekiston Respublikasining havo bo'shligida idoraviy vazifalarini bajarish uchun foydalanishga ruxsat etilgan O'zbekiston Respublikasining yuridik shaxsi hisoblanadi
Shundan kelib chiqib, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ushbu ruxsatini davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari faqatgina idoraviy vazifalarni bajarish uchun olishlari mumkin.

S.
Toshkent dan New York ga uchishim uchun samolyot qaysi yo`nalishlarni bosib o`tishi haqida ma`lumot bera olasizmi?
.

Quyidagi savol boyicha quyidagi yonalishda parvoz bajaradigan Ozbekiston Xavo Yollari Milliy Aviakompaniyasiga murojat etishingizni soraymiz.



Sahifaning oxirgi yangilanish sanasi: 20 09 2018 10:12:07.

— Foydali Havolalar