Davavianazorat
Davavianazorat

Choraklik ish faoliyat hisoboti

Bosh / Hisobotlar / Choraklik hisoboti
Davavianazorat inspeksiyasining 2017 yil 9 oyfaoliyati natijalari boyicha
AXBOROT


O'zbekiston Respublikasi fuqaro avitsiyasida parvozlar xavfsizligini nazorat qilish

Xozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida 4 (to‘rtta) aviakompaniya, 12 (o‘n ikkita) aerodrom, 2 (ikkita) O‘quv-mashq markazi, 4 (to‘rtta) HK texnik xizmat ko‘rsatish tashkiloti va 2 (ikkita) fuqaro aviatsiyasi ta’mirlash korxonasi o‘z faoliyatini yuritmoqda. 
“Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan hisobot davrida quyidagilar amalga oshirildi:
Beshta sertifikatsiya tekshiruvi:
– “Samarqand”, “Urganch”, “Andijon” va “Buxoro” aerodromlari;
– “Agro-Parvoz” KTAIKning HK texnik xizmat ko‘rsatish tashkiloti. Tekshiruv natijalari bo‘yicha tegishli Sertifkatlar berildi.
O‘n beshta inspektorlik tekshiruvlari:
– “Namangan” “Samarqand”, “Nukus”, “Urganch”, “Andijon” va “Buxoro” aerodromlari;
– «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK, “MAI” va “Agro-Parvoz” aviakompaniyalari;
– «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAKning va «Dostupnoye nebo» nodavlat korxonasining O‘quv-mashq markazlari;
– Toshkent aeroportining Tibbiy-sanitariya qismi;
– “MAI” aviakompaniyasining, “UAT” AK, va “AnRad-AERO” MChJlarning HK texnik xizmat ko‘rsatish tashkiloti.
Sertifikatsiya va inspeksiya tekshiruvi natijalari bo‘yicha hamda aniqlangan kamchiliklarni bataraf etish uchun aniq muddatlari ko‘rsatilgan Rejalar ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Aviakompaniyalarda marshrutlar bo‘yicha 23ta inspeksiya tekshiruvlari bajarilgan, natijalari bo‘yicha bayonnomalar tuzilgan. Parvozlar xavfsizligiga xatar soladigan kamchiliklar aniqlanmagan.
“Davavianazorat” inspeksiyasining asosiy tashkiliy tadbirlar Rejasiga asosan O‘zbekiston Respublikasiga parvozlar bajarayotkan chet el aviakompaniyalari havo kemalarining 10ta perrondagi tekshiruvi o‘tkazildi.
Havo kemalarining kompleks trenajerlarida “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan 15ta tekshiruv ishlari o‘tkazildi va tekshiruv natijalariga asosan aviakompaniyalarning ekipaj a’zolariga mashg‘ulotlar o‘tkazishlari uchun ruxsatnomalar berildi. 
“Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan 63ta HK uchishga yaroqlilik sertifikatlari berildi. Shuningdek fuqaro aviatsiyasi aviaxodimlari (uchuvchilar, shturmanlar, HHB dispetcherlari, muxandislar, bortkuzatuvchilar) 30ta guvoxnomalari berildi, 137tasi almashtirildi va 214tasining muddati uzaytirildi.
Sertifikatsiya, inspektorlik va aviatsiya xodisalarining tekshiruvi natijalari bo‘yicha 37ta “Davavianazorat” inspeksiyasining Nozirlik ko‘rsatmalari yuborildi.
“Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan 2016 yil yakunlari bo‘yicha va 2017 yilning 1-yarim yilligi bo‘yicha parvozlar xavfsizligini oshirish bo‘yicha profilaktik tadbirlarni o‘z ichiga olgan O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida parvozlar xavfsizligi holatining Jamlangan tahlillari tayyorlandi. 
Chora tadbirlarning amalga oshirilishi O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviakorxonalarining sertifikatsiya va inspektorlik tekshiruvlari davrida tekshiriladi.

Fuqaro aviatsiyasida me’yoriy bazani takomillashtirish

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yil
13 iyunida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi O‘RQ-436-son Qonuni imzolandi. Unga asosan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslariga samoviy hududdan qonunga xilof ravishda (ruxsatsiz) foydalanish, shu jumladan uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanganliklari uchun, jismoniy shaxslarning jinoiy va ma’muriy javobgarliklari normalarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shimchalar kiritildi.
2. “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 iyuldagi PQ-3136-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandini ijro qilish maqsadida “Davavianazorat” inspeksiyasi tomonidan ishlab chiqildi. Qonun loyihasi tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishildi hamda Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil
12 maydagi 283-son qaroriga asosan “O‘zbekiston Respublikasida fuqaro havo kemalari aviatsiya halokatlari va insidentlarini tekshirish qoidalari”ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi (Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 27 dekabrdagi
505-son qarori bilan tasdiqlangan).
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2017 yil
26 maydagi 50/50-6-sonli topshirig‘iga asosan “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasini g‘ayriqonuniy aralashuv harakatlaridan aviatsiya xavfsizligi jihatidan himoyalashni ta’minlash Milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” qaror loyihasi yangi tahrirda ishlab chiqildi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2017 yil 23 fevraldagi 89-N-son buyrug‘i bilan “Fuqaro aviatsiyasini aeronavigatsiyasi” aviatsiya qoidalariga
(O‘zR AQ-93) o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2017 yil 23 fevraldagi 90-N-son buyrug‘i bilan “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi bortkuzatuvchilarining ishlarini tashkil etish qoidalari”ga (O‘zR AQ-95) o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2017 yil 5 sentyabrdagi 93-N-son buyrug‘i bilan “Yo‘lovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalari”ga 
(O‘zR AQ-195) o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining ijrosini ta’minlash bo‘yicha

Mazkur Qonunning ijrosini ta’minlash maqsadida “Davavianazorat” inspeksiyasida 2017 yilning 9-oyligida fuqarolardan kelib tushgan xatlar, murojaatlar va arizalar tahlil qilindi.
Tahlil davomida 2017 yilning 9-oyligida “Davavianazorat” inspeksiyasiga 57ta murojaat kelib tushgani aniqlandi. Shulardan:
- 18 (o‘n sakkiztasi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali;
- 15 (o‘n beshtasi) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali;
- 16 (o‘n oltitasi) “Davavianazorat” inspeksiyasi rasmiy sayti orqali;
- 8 (sakkiztasi) pochta orqali.
Murojaatlarda ish bilan ta’minlash, ish vaqti, “Davavianazorat” inspeksiyasidagi vakansiya, aliment to‘lovlarini amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish tartibi va boshqa ma’lumotlar berish masalalari ko‘rsatilgan.
Yuqoridagi murojaatlar “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining talablariga asosan o‘rnatilgan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 27 oktyabrdagi 366-son qarori talablarini bajarish maqsadida “Davavianazorat” inspeksiyasi rahbariyati tomonidan aholi va tadbirkorlar uchun har kuni soat 8 dan 11 gacha shaxsiy qabul tashkillashtirilgan.

“Halq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturining bajarilishi

“Halq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” davlat dasturini bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan dasturni amalga oshirish maqsadida tadbirlar Rejasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. 
Rejaga asosan “Davavianazorat” inspeksiyasida: 
rahbariyat tomonidan aholi va tadbirkorlar uchun har kuni soat 8 dan 11 gacha shaxsiy qabul tashkillashtirilgan;
“Davavianazorat” inspeksiyasi rahbarining virtual qabulxonasi ochildi;
“Davavianazorat” inspeksiyasi rahbariyatining sayyor qabul qilish grafigi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Unga asosan 7ta sayyor qabul o‘tkazilib unda 24ta fuqaro aviatsiyasi xodimlari qabul qilindi.


Kochirilsin
O'lchami: 16.4 kb Fortmati: docx

Sahifaning oxirgi yangilanish sanasi: 25 12 2017 17:10:48.

— Foydali Havolalar