Davavianazorat
Davavianazorat

Davavianazorat inspeksiyasining 2018 yil 1 –yarim  faoliyati natijalari bo‘yicha axborot

Bosh / Hisobotlar / Faoliyati natijalari boyicha axborot
Davavianazorat inspektsiyasining 2018 yil 1 yarim yillik faoliyati natijalari boyicha
AXBOROT

O‘zbekiston Respublikasi fuqaro avitsiyasida parvozlar xavfsizligini va aviatsiya xavfsizligini nazorat qilish

Xozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida 3 (uchta) aviakompaniya,
12 (o‘n ikkita) aerodrom, 2 (ikkita) O‘quv-mashq markazi, 5 (beshta) HK texnik xizmat ko‘rsatish tashkiloti va 2 (ikkita) fuqaro aviatsiyasi ta’mirlash korxonasi o‘z faoliyatini yuritmoqda.
“Davavianazorat” inspektsiyasi tomonidan hisobot davrida quyidagilar amalga oshirildi:
To‘rtta sertifikatsiya tekshiruvi:
- “UZROSAVIA” MChJning HK texnik xizmat ko‘rsatish tashkiloti.
- “MAI” aviakompaniyasining HK texnik xizmat ko‘rsatish tashkiloti;
Tekshiruv natijalari bo‘yicha An-2 samoleti va Mi-8 vertoletlariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashlari uchun  tegishli Sertifkatlar berildi.
- “Farg‘ona” va “Namangan” aerodromlari. Tekshiruv natijalari bo‘yicha uch yil muddatga tegishli Sertifkatlarning muddati uzaytirib berildi.
O‘n bitta inspektorlik tekshiruvlari:
- “Agro-Parvoz” aviakompaniyasining HK texnik xizmat ko‘rsatish tashkiloti;
- “UAT” aviatsiya korxonasining HK texnik xizmat ko‘rsatish tashkiloti;
- “Farg‘ona” va “Namangan” aerodromlari;
-  “Agro-Parvoz” aviakompaniyasi;
-  “MAI” aviakompaniyasi;
-  “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi;
-  “DOSTUPNOE NEBO” o‘quv markazi”;
“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasining o‘quv markazi”; Yettita aviatsiya xavfsizligi va rejim-qo‘riqlash yo‘nalishi bo‘yicha tekshiruvlari:
- Islom Karimov nomidagi “Toshkent”, “Farg‘ona”, “Namangan” va “Buxoro” xalqaro aeroportalarida;
- “UAT” aviatsiya korxonasida;
- “Agro-Parvoz” MAPP aviakompaniyasida.
-  “MAI” aviakompaniyasi;
“Farg‘ona”,  “Namangan”, “Toshkent”, “Sergeli”,  “Qarshi”, “Navoi”, “Buxoro” va “Samarqand” aeroportlarida parvozlarda qidiruv va qutqaruv ta’minoti bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Yagona aviatsiya qidiruv va qutqaruv xizmatiga a’zo vazirlik va idoralar ishtirokida o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilishi nazorat qilindi.
“Farg‘ona”,  “Namangan”, “Toshkent”, “Sergeli”,  “Qarshi”, “Navoi”, “Buxoro” va “Samarqand” aeroportlarida parvozlarda qidiruv va qutqaruv ta’minoti xizmati qutqaruvchilarining davriy attestatsiyasi o‘tkazilishida ishtirok etildi.
Sertifikatsiya va inspektsiya tekshiruvi natijalari bo‘yicha hamda aniqlangan kamchiliklarni bataraf etish uchun aniq muddatlari ko‘rsatilgan Rejalar ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Aviakompaniyalarda marshrutlar bo‘yicha 8ta inspektsiya tekshiruvlari bajarilgan, natijalari bo‘yicha bayonnomalar tuzilgan.   Parvozlar xavfsizligiga xatar soladigan kamchiliklar aniqlanmagan.
“Davavianazorat” inspektsiyasining asosiy tashkiliy tadbirlar Rejasiga asosan O‘zbekiston Respublikasiga parvozlar bajarayotkan chet el aviakompaniyalari havo kemalarining  15ta perrondagi tekshiruvi o‘tkazildi.
Havo kemalarining kompleks trenajerlarida “Davavianazorat” inspektsiyasi tomonidan 9ta tekshiruv ishlari o‘tkazildi va tekshiruv natijalariga asosan aviakompaniyalarning ekipaj a’zolariga mashg‘ulotlar o‘tkazishlari uchun ruxsatnomalar berildi.
“Davavianazorat” inspektsiyasi tomonidan 29ta HK uchishga yaroqlilik sertifikatlari berildi. Shuningdek fuqaro aviatsiyasi  aviaxodimlari  (uchuvchilar, shturmanlar, HHB dispetcherlari, muxandislar, bortkuzatuvchilar) 70ta guvoxnomalari berildi, 67tasi almashtirildi
va 472tasining muddati uzaytirildi.
Sertifikatsiya, inspektorlik va aviatsiya xodisalarining tekshiruvi natijalari bo‘yicha 39ta “Davavianazorat” inspektsiyasining Nozirlik ko‘rsatmalari yuborildi.
“Davavianazorat” inspektsiyasi tomonidan 2017 yil yakunlari bo‘yicha parvozlar xavfsizligini oshirish bo‘yicha profilaktik tadbirlarni o‘z ichiga olgan O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasida parvozlar xavfsizligi holatining Jamlangan tahlil tayyorlandi.
Chora tadbirlarning amalga oshirilishi O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aviakorxonalarining sertifikatsiya va inspektorlik tekshiruvlari davrida tekshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil
17 dekabrdagi 346-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi havo kemalari parvozlarining  xavfsizligini ta’minlash davlat dasturi” talablarini bajarish maqsadida «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK va fuqaro aviatsiyasi korxonalari vakillari ishtirokida “Davavianazorat” inspektsiyasida  “Fuqaro aviatsiyasi xavfsizligi kuni” o‘tkazildi. Unda o‘tkan yil yakunlari bo‘yicha parvozlar xavfsizligi holati, fuqaro aviatsiyasi aviakorxonalarida parvozlar xavfsizligini boshqarish tizimi (PXBT) amalga oshirilishi, hamda fuqaro aviatsiyasida me’yoriy bazani takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Fuqaro aviatsiyasida me’yoriy bazani takomillashtirish

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2017 yil 17 iyuldagi
PQ-3136-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspektsiyasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 6-bandini ijro qilish maqsadida “Davavianazorat” inspetsiyasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi ishlab chiqildi.
Ushbu o‘zgartish va qo‘shimchalar 2018 yil 18 apreldagi O‘rQ 486-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan qabul qilindi.
 
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 martdagi
PF-5379 - sonli farmonini bajarish maqsadida yangi taxrirdagi  «O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasini g‘ayriqonuniy aralashuv harakatlaridan aviatsiya xavfsizligi jihatidan himoyalashni ta’minlash Milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaror loyihasi ishlab chiqildi.
Xozirgi kunda qaror loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavsizlik xizmatiga ko‘rib chiqish uchun yuborilgan. 
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 11 apreldagi “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PF-5409-sonli Farmonini ijro qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan quyidagilar ishlab chiqildi:
“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi;
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror loyihasi;
“O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ba’zi qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasi.
Qaror loyihalari o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritildi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspektsiyasi boshlig‘ining 2018 yil 23 martdagi 113-N-son buyrug‘i bilan ““O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi guvohnomalarini berish va aviatsiya xodimlarining turlari” (O‘zR AQ-61)  o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspektsiyasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining 2007 yil 28 dekabrdagi 1099, 3692 va 1669-son “Fuqaro va eksperimental aviatsiyada uchuvchilar tarkibi uchun yoshga oid chegaralarni kiritish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat kilish davlat inspektsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirliklarining 2018 yil 23 martdagi
42, 16-sonli “qaroriga) o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Xalqaro faoliyat

1. 2018 yil 12 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti «Xalqaro shartnomani tasdiqlash» to‘g‘risidagi PQ-3522- sonli qarori qabul qilindi (2017 yil 14 noyabrda Madrid shaxrida imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi va Ispaniya Qirolligi o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi Bitim).
2. Toshkent va Dubay o‘rtasidagi havo qatnovini masalalirini muhokama qilish maqsadida 2018 yil 19-20 fevral kunlari Davavianazorat binosida O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi. Muzokaralar natijasiga ko‘ra tegishli Bayonnoma imzolandi va tegishli xisobot Vazirlar Mahkamasi va Tashqi ishlar vazirligiga yuborildi.
3. 2018 yil 28 fevral va 1 mart kunlari Toshkentda va 2018 yil
11 aprel kuni Moskvada O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi aviatsiya ma’muryatlarining ikki davlat o‘rtasidagi havo qatnovini rivojlantirish masalalarini muhokama qilish maqsadida Tomonlarning tayinlangan aviakompaniyalari ishtirokida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar natijasiga ko‘ra tegishli Bayonnomalar imzolandi va tegishli xisobotlar Vazirlar Mahkamasi va Tashqi ishlar vazirligiga yuborildi.
4. 2018 yil 9-10 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tojikiston Respublikasiga davlat tashrifi chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Tojikiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risida Bitim imzolandi.
5. O‘zbekiston Respublikasida ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha chora tadbirlar Rejasining (“Yo‘l xaritasi”) 4 bandiga muvofiq (2018 yil 17 yanvardagi 24/1-144), 2018 yil 10 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi va Eron Islom Respublikasi aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar natijasiga ko‘ra tegishli Bayonnoma imzolandi va tegishli xisobot Vazirlar Mahkamasi va Tashqi ishlar vazirligiga yuborildi.
6. 2018 yil 14 mart kuni Istanbul shaxrida O‘zbekiston va Turkiya Respublikasi aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish maqsadida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar natijasi bo‘yicha tegishli Bayonnoma imzolandi va tegishli xisobot Vazirlar Mahkamasi va Tashqi ishlar vazirligiga yuborildi.
 7. Havo qatnovini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilish maqsadida 2018 yil 2 may kuni Davavianazorat binosida O‘zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasida maslahatlashuvlar o‘tkazildi. Muzokaralar natijasiga ko‘ra tegishli Protokol imzolandi va tegishli xisobot Tashqi ishlar vazirligiga yuborildi.
8. O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida Hukumatlararo ikkitomonlama hamkorlik bo‘yicha qo‘shma komiissiyasining 17-yig‘ilish bayonnomasining 3.10 bandini bajarish maqsadida 2018 yil 19 iyun kuni Ostona shaxrida O‘R va QR aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasida ikkitomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar natijasiga ko‘ra Tomonlar o‘rtasida kun tartibiga kiritilgan barsa masalalar yuzasidan kelishuvga erishildi va tegishli Protokol imzolandi. Tegishli hisobot Vazirlar mahkamasi va Tashqi ishlar vazirligiga yuborildi.

“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining ijrosini ta’minlash bo‘yicha

Mazkur Qonunning ijrosini ta’minlash maqsadida “Davavianazorat” inspektsiyasida 2018 yilning 1-yarim yilligida kelib tushgan xatlar, murojaatlar va arizalar tahlil qilindi.
Tahlil davomida 2018 yilning 1-yarim yilligida “Davavianazorat” inspektsiyasiga 28ta murojaat kelib tushgani aniqlandi.
Shulardan:
- 7 (ettitasi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali;
- 6 (oltitasi)  Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali;
- 4 (to‘rttasi) “Davavianazorat” inspektsiyasi rasmiy sayti orqali;
- 11 (o‘n bittasi) pochta orqali.
Murojaatlarda ish bilan ta’minlash, ish vaqti, “Davavianazorat” inspektsiyasidagi vakansiya, aliment to‘lovlarini amalga oshirish, O‘zbekiston Respublikasida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish tartibi  va boshqa ma’lumotlar berish masalalari ko‘rsatilgan.
Yuqoridagi murojaatlar  “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining talablariga asosan o‘rnatilgan muddatlarda ko‘rib chiqilgan.

«Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ko‘llab-quvvatlash yili» davlat dasturining bajarilishi

«Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni ko‘llab-quvvatlash yili» davlat dasturini bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspektsiyasi tomonidan dasturni amalga oshirish maqsadida tadbirlar Rejasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.
Rejaga asosan “Davavianazorat” inspektsiyasida:
- “Davavianazorat” inspektsiyasi tomonidan ko‘rsatilayotkan informatsion davlat xizmatlarini mobil ilovalar orqali olish imkoniyati yaratildi;
- jismoniy va yuridik shaxslarga “Davavianazorat” inspektsiyasi tomonidan ko‘rsatiladigan barcha davlat xizmatlari xatlovdan o‘tkazildi va natijasi bo‘yicha ularning yagona reyestri shakllantirildi;

- nazorat vakolatiga ega ijro etuvchi hokimiyat organlarini ularning nazorati ostidagi xo‘jalik boshqaruv organlari hisobidan moliyalashtirish amaliyotidan voz kechish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 sentyabrdagi 692-son qarori bilan tastiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspektsiyasi to‘g‘risidagi nizom” ning 17 bandiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutgan  “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatinining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror loyihasi ko‘rib chiqildi va kelishildi.


Kochirilsin
O'lchami: 26.1 kb Fortmati: docx

Sahifaning oxirgi yangilanish sanasi: 13 09 2018 10:55:26.

— Foydali Havolalar