Toshkent davlat transport universitetining o‘qituvchi va talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun 2022 yil 8 iyun kuni «O‘zaviatsiya» agentligida Toshkent davlat transport universitetining o‘qituvchi va talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda «O‘zaviatsiya» agentligi logotipini ishlab chiqish bo‘yicha Universitet tomonidan elon qilingan tanlov natijalari sarhisob qilindi. G‘oliblar, TDTU talabalariga minnatdorchilik bildirildi hamda ular esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Uchrashuvning ikkinchi yarmida fuqaro aviatsiyasi uchun uchuvchilar tayyorlash, fuqaro aviatsiyasi xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun tegishli sertifikat olish sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. TDTU talabalarining «O‘zaviatsiya» agentligida amaliyot o‘tashi, talabalarni fuqaro aviatsiyasi faoliyatini tartibga soluvchi zarur huquqiy-normativ hujjatlar bilan qo‘llab-quvvatlash masalalari ham ishlab chiqildi.

Fuqaro aviatsiyasida mavjud va yangi mutaxassisliklar bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratish masalasiga alohida etibor qaratildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha fuqaro aviatsiyasi tizimida kadrlar tayyorlashni qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish, fuqaro aviatsiyasida amaldagi zarur meyoriy-huquqiy bazani ta’minlashda amaliy yordam ko‘rsatish masalalari bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Uchrashuv jonli muloqot va o‘zaro manfaatdorlik muhitida o‘tdi.