Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish

“O‘zaviatsiya” agentligi xodimlari o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish maqsadida, kasaba uyushma Qo‘mitasi bilan  “O‘zaviatsiya” agentligi maʼmuriyati  hamkorligida sport tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir “Sog‘lom turmush tarzi” shiori ostida “Ugam” sog‘lomlashtirish majmuasida o‘tkazildi.

Tadbirda agentlik kasaba uyushmasi aʼzolari ishtirok etishdi. Futbol, basketbol, quvnoqlar va zukkolar, gimnastika va boshqa sport tadbirlari tashkillashtirildi.

 Tadbirda   barcha xodimlarning kayfiyati   ko‘tarinki va jamoaviy ruhda bo‘ldi. Sport tabirlarining o‘tkazilishi mehnat jamoasining xamjihatliligini hamda  mehnat samaradorligini oshiradi.

Tadbir yakunida jamoalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.