Muqaddasdir Vatan bayrog’i

Davlatimiz, millatimiz iftihori bo’lmish mustaqil O’zbekistonning “Davlat bayrog’i to’g’risida”gi qonuni qabul qilganligining 30 yilligi munosobati bilan “Muqaddasdir Vatan bayrog‘i” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligida “Davlat bayrog‘i – faxrim, g’ururim” mavzusida boshlang’ich kasaba uyushmasi tomonidan xodimlar bilan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda ishtirokchilarga “18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan Kun” bilan barchani chin dildan muborakbod etib, davlat ramzlaridan biri bo‘lmish bayroq ranglari haqida tushuntirish berib o‘tildi;

Davlatimiz bayrog‘i tinch va osoyishta, ozod hamda erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz timsolidir. Davlat ramzlarining muqaddasligini, ular bizga yurt manfaati har narsadan  ustunligini anglatib, eslatib turishini har birimiz, ayniqsa, yosh avlod yodda tutishi maqsadga muvofiqdir. O‘zbekiston farzandlari qayerda bo‘lmasin, qanday natijalarga erishmasin Vatan bayrog‘ini ardoqlaydi. Chunki bayroq - hurlik timsoli, ezgulik, tinchlik ramzidir.

Tadbir davomida davlat bayrog‘i mazmun-mohiyati va uni madh etuvchi maxsus videoroliklar namoyish etildi.