“Farg‘ona xalqaro aeroporti” MCHJ da parvozlarni qidiruv va avariya-qutqaruvi taʼminoti bo‘yicha kompleks o‘quv-mashg‘ulotlari amalga oshirildi

2021 yil 25 martda “Farg‘ona aerodromida xalokaga uchragan havo kemasi yo‘lovchilari va ekipajiga aeroport hamda Farg‘ona shahri va Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston Respublikasi Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmatiga (YAAQQX) kiruvchi tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda yordam ko‘rsatish mavzusida kompleks o‘quv-mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Kompleks o‘quv-mashg‘ulotlari O‘zbekiston Respublikasi YAAQQXning qidiruv-qutqaruv va avariya ishlarini amalga oshirish Qoidalari va Umumjaxon aviatsiya tashkiloti IKAO talablari asosida amalga oshirildi. Kompleks o‘quv-mashg‘ulotlari har yili, halokatga uchragan havo kemasi yo‘lovchilari va ekipajini qutqarish ishlarini amalga oshirishda, aeroportning QITJ va O‘zbekiston Respublikasi YAAQQXga kiruvchi tashkilotlarning o‘zaro xamkorligiga baxo berish uchun o‘tkaziladi. 

O‘quv-mashg‘ulotlarida “Farg‘ona xalqaro aeroporti” MCHJning qutqaruv ishlarini taʼminlash jamoasi, shuningdek, Farg‘ona shaxri va Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston Respublikasi YAAQQXga kiruvchi tashkilotlari ishtirok etdi.

Kompleks o‘quv-mashg‘ulotlari “O‘zaviatsiya” agentligining parvozlarni qidiruv, avariya- qutqaruvi taʼminotini nazorat qilish bo‘yicha bosh mutaxassis-inspektori, Farg‘ona shaxar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining maʼsul xodimi va “Farg‘ona xalqaro aeroporti” MCHJ maʼmuriyati tomonidan muvofiqlashtirildi va nazorat qilindi.