Yosh ijodkor

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29-yilligi arafasida, “O‘zaviatsiya” agentligining boshlang‘ich kasaba uyushma tashkiloti tomonidan “Konstitutsiya kuni” mavzusida  rasmlar tanlovi tashkil etildi.

Tanlovda agentlik kasaba uyushmasi a’zolarining farzandlari va nabiralari ishtirok etdilar. Respublikamizning eng kichik fuqarolari Vatanga muhabbat, Konstitutsiya va Respublika davlat ramzlari haqida rasmlar chizdilar.

“Oʻzaviatsiya” agentligi kasaba uyushmasi qoʻmitasi minnatdorchilik sifatida farzandlarimiz va nabiralarimiz tomonidan ko'rsatilgan tashabbus uchun esdalik sovg’alari topshirildi. Esdalik sovg’alar “O‘zaviatsiya” agentligi xodimlarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kuniga bag‘ishlangan yig‘ilishida, tantanali ravishda topshirildi.